Biz bilan tanishish
1934 yilda tashkil etilgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institute” (TIQXMMI) Milliy tadqiqot universiteti muhandislik, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit fanlari bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 2021 yildagi Prezident PQ 42 qaroriga asosan milliy tadqiqot universiteti maqomini olgan muassasamiz hozirgi kunda ilmiy salohiyat, texnologik innovatsiya va xalqaro hamkorlik markaziga aylangan. 100 yilga yaqin tarixga ega ushbu muassasa suv, oziq-ovqat, iqlim va barqaror rivojlanish sohasidagi global muammolarga yechim topish maqsadida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. TIQXMMI 40 dan ortiq bakalavr, 36 ta magistr va 21 ta doktorantura dasturlari hamda 15 ta malaka oshirish kurslarini taklif etadi. Barcha ta’lim dasturlari Yevropa kvalifikatsiya talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan va mehnat bozori talablariga javob beradi. Universitet raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, suv diplomatiyasi va inklyuziv ta’lim bo‘yicha yangi kafedralarni tashkil etgan.
Фотогалерея